воскресенье, 9 февраля 2014 г.

SEMINAR-TRENINGLAR


«BIZ SOG’LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ»
   2012-yil noyabr oyida UNFPA tashkiloti va «Kelajak ovozi» YoTM hamkorligida «Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz» nomli seminar-treninggi o’tkazildi. Seminarda Aziz Ishkobilov trenerlik qilib bordi. Mazkur seminar Nukus shahridagi «Jipek Joli» mehmonhonasida bo’lib o’tdi. Seminarda guruhimiz a’zolari Seytnazarova Guljahan va Nurjanova Hurliman 1-patokda, Yusupov Furqat, Ro’zimova Ozoda, O’marova Zarafshon va Sultanova Zulhumor 2-patokda, O’razalieva Perizat 3-patokda, Temirbekova Jig’agul va Ubbiev Ikram 4-patokda qatnashib «Sertifikat» qo’lga kiritdilar.
 
«KELAJAK OVOZI» YOZGI O’QUV OROMGOHI-2013
   Guruhimiz a’zolari Yusupov Furqat, Nurjanova Hurliman va Seytnazarova Guljahanlar 1-14 iyul kunlari Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida «Kelajak ovozi» yozgi o’quv oromgohida ishtirok etib qaytishdi. Furqat va Hurliman «TV jurnalistika», Guljahan esa  «Bosma jurnalistika» yo’anlishlarida tajribali trenerlar tomonidan o’tkazilgan seminar-treninglarda faol ishtirok etishga muvaffaq bo’lishdi. Seminar-treninglar mobaynida har bir yo’nalish a’zolari ko’plab bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar. Jumladan TV jurnalistika yo’nalishida «Forum TV» kanali muharriri Baxtiyor To’raxonov, «Yoshlar telestudiyasi» koordinatori Baxtiyor Safarov, «Forum TV» kanali jurnalisti Zamira Ortiqovalarlar yosh jurnalistlarga «standup», «vox-pop», intervyu olish usullari, nutq bilan ishlash kabi bir nechta mavzularda seminarlar o’tishdi. Qayd etish joizki o’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar ham olib borildi. Har bir viloyat vakillari o’zlari bilan kelgan operatorlar bilan birgalikda bir nechta intervyular oldib, reportajlar tayyorlab «Forum TV» va «NTT» telekanallariga yuborib turishdi. Shuningdek «Forum TV» kanalidagi «Forum News» va «Darsdan so’ng…» ko’rsatuvlari uchun ham reportajlar tayyorlandi.
   Har kungi seminar-treninglardan so’ng kechki tadbirlar o’tkazilib turdi   Jumladan oromgohda «Asrlar sadosi» madaniyat festivali, Miraki «Oltin gepard» kinoforumi, «KO Star» musobaqasi, «Etno Art» guruhi tomonidan ishlangan musiqiy sahna ko’rinishlari o’tkazildi.
   «Kelajak ovozi» yozgi o’quv oromgohining ochilish va yopilish marosimiga taniqli san’atkorlar Nilufar Usmonova, Ruxshona, «Sahro guruhi», «Zarba» guruhi, Baxtiyor Rahmonov, Farxod va Shirin, «Zor-zor star» teleloyihasi g’oliblari Ulug’bek Xaliqov va Shahlo Ahmedovalar o’zlarining ajoyib qo’shiqlari bilan barchaga xushkayfiyat ulashishdi. Shuningdek oromgohning yopilish marosimiga «Fond Forum» Va’siylik kengashi raisi Gulnora Karimova ham tashrif buyurdilar.
   Xullas 14 kunlik o’quv-oromgohi barchaing qalbida bir umr saqlanib qoladigan bo’ldi.
 
«BIZ SOG’LOM TURMUSH TARZI UCHUN»

   Y-Peer yoshlar tarmog’i va «Kelajak ovozi» Yoshlar Tashabbuslari Markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi bol’imi bilan hamkorlikda 26-30 iyul kunlari «Biz salamat turmis tarzi ushin» deb nomlangan teatral ko’nikmalar seminar-treninggi o’tkazildi. Seminarda Ramazanov Medet va Bekmuratova Gulmira trenerlik qilishgan bo’lsa, Ayjarqin Ahmedova fasilitator vazifasini bajardi. Trening mobaynida Kelajak ovozi faollarining 14 nafari ishtirok etishdi. Jumladan guruhimiz a’zolari Yusupov Furqat, Nurjanova Hurliman va Seytnazarova Guljahanlar shular qatoridan o’rin olishdi. Ishtirokchilar seminar mobaynida OIV va OITS, jinsiy yo’llar bilan aniqlanadigan infektsiyalar, hamda gender mavzulari bo’yicha bilim va ko’nikmalarimizni yanada orttirib olishdi. Shuningdek seminar mobaynida har kuni turli hil interaktiv o’yinlar o’ynaldi, yuqoridagi mavzularga oid videoroliklarni tomosha qilindi va teatral sahna ko’trinishlari bajarildi. Seminarning eng so’nggi kunida esa yuqoridagi mavzular bo’yicha 3 ta jamoaga bo’lingan holda sahna ko’rinishlarini ijro etishdi. Seminar-trening yakunida esa barcha ishtirokchilarga «Kelajak ovozi» YoTM tomonidan sertifikatlar topshirildi.

MEDIA OROMGOH
   20-27 avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo’ston sihatgohida «Kelajak ovozi» YoTM tomonidan «Media oromgoh» tashkil etildi. ushbu o’quv oromgohda guruhimiz a’zolari Yusupov Furqat va Nurjanova Hurlimanlar ishtirok etib qaytishdi. Media oromgohda bosma va internert jurnalistikasi, Axborot texnologiyalari kabi yo’nalishlar bo’yicha 50 dan ortiq «Kelajak ovozi» faollari qatnashishdi.  Seminar-treninglarni O’zMU Jurnalistika fakulteti ustozlari Beruniy Alimov va Sherzod Qudratxojaevlar o’tishdi. 22-avgust kuni «Fond Forum» Va’siylik kengashi raisi Gulnora Karimova bilan mediakonferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada bir qator taniqli shaxslar ishtirok etishdi. Jumladan aktyorlar Murod Rajabov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Ulug’bek Qodirov, Xasan va Xusan Solihovlar, san’atkorlar Jahongir Poziljonov, Nilufar Usmonova, «Sahro» va «Zarba» guruhlari, rejissyor va klipmeykerlar Javlon Shodmonov, Yodgor Nosirov, Narimon Sultonxo’jaev, «Mehr Nuri» va «Hayot uchun» milliy Asotssiatsiyalari vakillari, «Forum TV» kanali, «Darakchi» va «Tasvir» gazetasi, «Jannat Makon» va «Bella Terra» jurnali, sayyod.uz, shov-shuv.uz, fattohhon.uz va kun.uz saytlarining jurnalistlari ham ishtirok etdilar. Konferensiyada Baxtiyor To’raxonov moderatorlik qilib bordi. Shuningdek mediaoromgoh mobaynida ustoz jurnalist Xurshid Do’stmuhammad, bir qator taniqli bloggerlar, Mirzahakim To’xtamirzaev, Davron Fayziev, Norbek Niyozov kabi sport sharxlovchilari va Kamoliddin Alimov, Bekzod Nazarov singari sport jurnalistlari bilan ham uchrashuvlar o’tkzazildi. Yopilish marosimida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.



«Yosh jurnalistlar klubi» harakatda

Universitetimiz, «Kelajak ovozi» Yoshlar Tashabbuslari Markazi va «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati bilan hamkorlikda «Yosh jurnalistlar klubi»ga asos solindi. Ushbu klubda trenerlik vazifasini men Furqat Yusupov, Xurliman Nurjanova, Guljahan Seytnazarovalar bajarmoqdamiz. Klubimiz mazkur yilning 23-yanvarida o’z faoliyatini boshladi. Klubimiz o’z oldiga yuqori maqsadlarni qo’ygan. Maqola, she’r va hikoya yozadigan talabalar bilan hamkorlik qilmoqdamiz va ularning ijodiy na’munalarini Respublikalik va o’zimizning davriy nashrlarda shuningdek bir qator internet saytlarida chiqarishda ham yordam bermoqdamiz. Biz shuningdek har bir oyda bitta tanlov o’tkazishni ham yo’lga qo’yishni va taniqli jurnalist, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirishni ham o’z oldimizga maqsad qilib belgiladik. Klubga guruhimizdan O’razalieva Perizat, Qallibekova Aygul, Sultanova Zulhumor, Ubbieva Bibijamal, Otegenova Malika, Ro’zimova Ozoda, O’mirbekov Asqar, Ubbiev Ikram, Aljanova Zamira va Babanazarova Jamilalar a’zo bo’lishdi.
   Biz haftaning har chorshanba soat 15:00 kuni universitetdagi «Kelajak Ovozi» axborot xonasida seminar-trening o’tkazmoqdamiz. Safimizda 30dan ortiq yosh ijodkorlar bor.  Biz har bir seminarda o’zimiz singari yosh ijodkorlar yozgan maqolalarimizni tahlil qilib, hato va kamchiliklarini muhokama etamiz. Shuningdek biz klub a’zolariga radiojurnalistika, fotojurnalistika va telejurnalistika haqida ham ma’lumotlar berib o’tdik. Klubimiz Ziyada Qojiqbaeva va Baxit Palvanov kabi ustozlarimiz, «Qaraqalpaq Universiteti» gazetasi muharriri Hurmet Atajanov va «Nukus FM» radiosi boshlovchisi   Miyrigul Esimbetovalar bilan ham hamkorlik qilib bordi. Ular ishtirokida ham treninglar o’tkazildi.
    14-may kuni «Yosh jurnalistlar klubi»ning 2012/2013-yilgi o’quv mavsumidagi so’nggi seminarni o’tkazdik. Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirdik. Biz trenerlarga esa trenerlik qilganligimiz uchun sertifikatlar topshirildi. Klubimiz kelsi o’quv yilida ham o’z faoliyatini davom ettiradi.
 Furqat Yusupov,  «Yosh jurnalistlar klubi» treneri.

пятница, 7 февраля 2014 г.

TANLOVLAR G’OLIBLARI

Guruhimiz azolari muntazam tarzda turli hil tanlovlarda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib kelmoqdalar.

«KELAJAK OVOZI-2012»
   2012-yilgi «Kelajak ovozi» ko’rik tanlovining Nukus shahar bosqichida guruhimizning 3 ta talabasi g’oliblar qatoridan joy olib Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Yusupov Furqat va Nurjanova Hurliman «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasida, Seytnazarova Guljahan esa  ushbu yo’nalishning «Nasr» nominatsiyasi bo’yicha g’olib bo’ldilar.
***
   Mazkur tanlovning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi 9-iyun sanasida Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutida bo’lib o’tdi. Unda guruhimiz- ning 3 ta a’zosi ham sovrindorlar safidan joy oldilar. Seytnazarova Guljahan «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi,  «Nasr» nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni, Yusupov Furqat va Nurjanova Hurlimanlar «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasida tegishlicha 2- va 3-o’rinlarni qo’lga kiritdilar. G’oliblarga Diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
***
   Tanlovning Respublika bosqichi 19-26 dekabr sanalarida Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. Final bosqichida guruhimizning 3 ta a’zosi ham ishtirok etishdi. Yusupov Furqat «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi. Taqdirlash marosimida g’oliblarga «Kelajak ovozi» statuetkasi va diplom topshirildi. Sovrinlarni «Fond Forum» Va’siylik kengashi raisi Gulnora Karimova topshirdi.
«KELAJAK OVOZI-2013»
   2013-yilgi tanlovda guruhimizdan Seytnazarova Guljahan, Nurjanova Hurliman, Ro’zimova Ozoda, O’razalieva Perizat, Qazaqbaev Rahmatullo va Razbekova Kamilalar ishtirok etishdi. Hurliman va Kamila «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasi bo’yicha, Guljahan ushbu yo’nalishning «Nazm» nominatsiyasi bo’yicha, Rahmatullo esa  «Nasr» nominatsiyasi bo’yicha Qoraqalpog’;iston Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar.




Tanlovning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi 1-iyun sanasida Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutida bo’lib o’tdi. Seytnazarova Guljahan o’z yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritib, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. G’oliblarga diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
***
ENG YAXSHI MAQOLA TANLOVI
   «Kelajak ovozi» YoTM va «Kamolot» YIH hamkorligida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar klubi» 2013-yil aprel oyida «Talabalik – oltin davr» nomli maqolalar tanlovini o’tkazdi. Mazkur tanlovda 20 ga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Tanlovga kelib tushgan maqolarni «Qaraqalpaq universiteti» gazetasi muharriri Hurmat Atajanov tahlil qilib berdi. Shu tariqa tanlovda guruhimiz a’zolari O’razalieva Perizat 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, Sultanova Zulhumor 2-o’rinni egalladi. G’oliblarga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.


***
   «BILIM-RING» INTELLEKTUAL O’YINI
   Guruhimiz muntazam tarzda Fakultetimizda o’tkazib kelinadigan «Bilim-ring» intellektual o’yinlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib keladi. 2012-yil 17-mart kuni o’tkazilgan mantiqli o’yinda jamoamiz 1-o’rinni qo’lga kiritdi va ko’chma kubokka sazovor bo’ldi. Shuningdek jamoamiz 2 marotaba 2-o’rinni va 2 marotaba 3-o’rinlarni qo’lga kiritib sovrinlar bilan taqdirlandi. 
STIPENDIANTLAR
   Seytnazarova Guljahan 2012-yilda «Mehr Nuri» va «Fond Forum» tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan «Iqtidorli talabalr uchun stipendiyalar dasturi» g’olibligini qo’lga kiritdi. shuningdek u ushbu stipendiyani 2013-yilgi o’quv mavsumi uchun ham uzaytirishga muvaffaq bo’ldi.
***
   Nurjanova Hurliman 2013-yilda «Mehr Nuri» va «Fond Forum» tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan «Iqtidorli talabalr uchun stipendiyalar dasturi» g’olibligini qo’lga kiritdi. Hurliman ham kelasi o’quv yili uchun mazkur stipendiyasini cho’zdirish imkoniyatiga ega.
***
   Yusupov Furqat «Kelajak ovozi» ko’rik tanlovida qo’lga kiritgan g’olibligi uchun 2013-yilda «Kelajak ovozi» stipendiyasini qo’lga kiritdi. Endi Furqat ham ushbu o’quv mavsumi uchun mazkur stipendiyani oladi.


GRANT SOHIBI
   O’temuratov Tursinboy 2013-yilgi paxta terimida o’z faolligi bilan boshqalardan ajralib turdi va haqli ravishda yarim yillik kontrakt pulini yutib oldi. Endilikda Tursinboyning 2013/2014-yilgi o’quv mavsumining 2-yarim yillik kontrakt puli to’lanadi. Demak, bu yarim yillik grant degani!