пятница, 7 февраля 2014 г.

TANLOVLAR G’OLIBLARI

Guruhimiz azolari muntazam tarzda turli hil tanlovlarda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib kelmoqdalar.

«KELAJAK OVOZI-2012»
   2012-yilgi «Kelajak ovozi» ko’rik tanlovining Nukus shahar bosqichida guruhimizning 3 ta talabasi g’oliblar qatoridan joy olib Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Yusupov Furqat va Nurjanova Hurliman «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasida, Seytnazarova Guljahan esa  ushbu yo’nalishning «Nasr» nominatsiyasi bo’yicha g’olib bo’ldilar.
***
   Mazkur tanlovning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi 9-iyun sanasida Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutida bo’lib o’tdi. Unda guruhimiz- ning 3 ta a’zosi ham sovrindorlar safidan joy oldilar. Seytnazarova Guljahan «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi,  «Nasr» nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni, Yusupov Furqat va Nurjanova Hurlimanlar «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasida tegishlicha 2- va 3-o’rinlarni qo’lga kiritdilar. G’oliblarga Diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
***
   Tanlovning Respublika bosqichi 19-26 dekabr sanalarida Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. Final bosqichida guruhimizning 3 ta a’zosi ham ishtirok etishdi. Yusupov Furqat «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi. Taqdirlash marosimida g’oliblarga «Kelajak ovozi» statuetkasi va diplom topshirildi. Sovrinlarni «Fond Forum» Va’siylik kengashi raisi Gulnora Karimova topshirdi.
«KELAJAK OVOZI-2013»
   2013-yilgi tanlovda guruhimizdan Seytnazarova Guljahan, Nurjanova Hurliman, Ro’zimova Ozoda, O’razalieva Perizat, Qazaqbaev Rahmatullo va Razbekova Kamilalar ishtirok etishdi. Hurliman va Kamila «Adabiyot va Publitsistika» yo’nalishi «Publitsistika» nominatsiyasi bo’yicha, Guljahan ushbu yo’nalishning «Nazm» nominatsiyasi bo’yicha, Rahmatullo esa  «Nasr» nominatsiyasi bo’yicha Qoraqalpog’;iston Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar.




Tanlovning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi 1-iyun sanasida Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutida bo’lib o’tdi. Seytnazarova Guljahan o’z yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritib, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. G’oliblarga diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
***
ENG YAXSHI MAQOLA TANLOVI
   «Kelajak ovozi» YoTM va «Kamolot» YIH hamkorligida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar klubi» 2013-yil aprel oyida «Talabalik – oltin davr» nomli maqolalar tanlovini o’tkazdi. Mazkur tanlovda 20 ga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Tanlovga kelib tushgan maqolarni «Qaraqalpaq universiteti» gazetasi muharriri Hurmat Atajanov tahlil qilib berdi. Shu tariqa tanlovda guruhimiz a’zolari O’razalieva Perizat 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, Sultanova Zulhumor 2-o’rinni egalladi. G’oliblarga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.


***
   «BILIM-RING» INTELLEKTUAL O’YINI
   Guruhimiz muntazam tarzda Fakultetimizda o’tkazib kelinadigan «Bilim-ring» intellektual o’yinlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib keladi. 2012-yil 17-mart kuni o’tkazilgan mantiqli o’yinda jamoamiz 1-o’rinni qo’lga kiritdi va ko’chma kubokka sazovor bo’ldi. Shuningdek jamoamiz 2 marotaba 2-o’rinni va 2 marotaba 3-o’rinlarni qo’lga kiritib sovrinlar bilan taqdirlandi. 
STIPENDIANTLAR
   Seytnazarova Guljahan 2012-yilda «Mehr Nuri» va «Fond Forum» tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan «Iqtidorli talabalr uchun stipendiyalar dasturi» g’olibligini qo’lga kiritdi. shuningdek u ushbu stipendiyani 2013-yilgi o’quv mavsumi uchun ham uzaytirishga muvaffaq bo’ldi.
***
   Nurjanova Hurliman 2013-yilda «Mehr Nuri» va «Fond Forum» tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan «Iqtidorli talabalr uchun stipendiyalar dasturi» g’olibligini qo’lga kiritdi. Hurliman ham kelasi o’quv yili uchun mazkur stipendiyasini cho’zdirish imkoniyatiga ega.
***
   Yusupov Furqat «Kelajak ovozi» ko’rik tanlovida qo’lga kiritgan g’olibligi uchun 2013-yilda «Kelajak ovozi» stipendiyasini qo’lga kiritdi. Endi Furqat ham ushbu o’quv mavsumi uchun mazkur stipendiyani oladi.


GRANT SOHIBI
   O’temuratov Tursinboy 2013-yilgi paxta terimida o’z faolligi bilan boshqalardan ajralib turdi va haqli ravishda yarim yillik kontrakt pulini yutib oldi. Endilikda Tursinboyning 2013/2014-yilgi o’quv mavsumining 2-yarim yillik kontrakt puli to’lanadi. Demak, bu yarim yillik grant degani!










Комментариев нет:

Отправить комментарий